Oxirgi daqiqa

O‘zbekiston –Markaziy Osiyoning Jahon chempionatida ishtirok etadigan yagona terma jamoasi

Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionati AQSH, Meksika va Kanada mamlakatlarida bo‘lib o‘tadi. Shu kunlarda dunyoning turli nuqtalarida musobaqaga yo‘llanma beruvchi saralash bosqichlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur saralashlar davomida O‘zbekiston, Yaponiya, Yangi Zelandiya, Eron, Argentina, Koreya Respublikasi, Iordaniya, Avstraliya, Ekvador, Braziliya, Urugvay, Kolumbiya, Paragvay, Marokash, Tunis, Misr, Jazoir, Gana va Kabo-Verde davlatlari mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi. Shuningdek, AQSH, Kanada va Meksika termalari musobaqa mezboni bo‘lgani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnashish huquqiga ega.

Shuni ta’kidlab o‘tishimiz kerakki, O‘zbekiston mazkur Jahon chempionatida ishtirok etadigan Markaziy Osiyoning yagona milliy terma jamoasiga aylandi.

Gap shundaki, oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Qozog‘iston milliy terma jamoasi ham o‘z tarixida ilk bor Jahon chempionatiga chiqish uchun kurashayotgan edi.

Qozog‘iston Yevropa mintaqasi saralash turniri “J” guruhidagi navbatdagi tur uchrashuvini safarda Shimoliy Makedoniyaga qarshi o‘tkazdi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Yo‘qotilgan ikki ochko amalda qo‘shnilarimizni mundialga chiqish imkoniyatidan mahrum qildi.

Javohir Toshxo‘jayev,

O‘zA