Oxirgi daqiqa

O‘zbekiston va Fransiya turizm sohasida ulkan salohiyatga ega

Dunyo bo‘ylab jadal rivojlanayotgan, zamonaviy jamiyatning eng muhim tarmoqlaridan biriga aylangan turizm hozir jahon iqtisodiyotining qariyb 400 ga yaqin yo‘nalishiga integratsiyalashgan bo‘lib, so‘nggi yillarda 1,5 trillion dollarga yaqin daromad keltirmoqda. Jahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 2017 yil jahon yalpi ichki mahsulotining 10,4 foizini tashkil etgan ushbu soha kelgusi o‘n yillikda ayni ko‘rsatkich bo‘yicha 50 foiz o‘sishga erishishi kutilyapti.

Mazkur segmentning o‘sish sur’ati, allaqachon, tovar eksportidan ilgarilab ketdi. Mana, yettinchi yildirki, sayyohlik xizmati yiliga 4 foiz ko‘payib borayotgan bir paytda, mahsulotlar eksportining yillik o‘sish darajasi 3 foizni tashkil etmoqda. Ko‘rinib turibdiki, turizm industriyasi mamlakat byudjeti uchun koni daromad – faqat hukumat imkon qadar soha rivoji uchun zarur sharoit yaratib bersa, bo‘lgani.

Turizm salohiyatini namunali darajada namoyon etayotgan mamlakatlardan biri, shubhasiz, Fransiya.

Turizm во Франции виды и направлеniя популярные у turistов

Yuksak taraqqiy etgan, yadroviy va kosmik qudratga ega davlat hisoblangan Fransiya iqtisodiy ishlab chiqarishning umumiy miqdori bo‘yicha Yevropa Ittifoqida Germaniyadan keyin ikkinchi o‘rinda turadi, dunyoda kuchli o‘nlikka kiradi. 2019 yil Farang yurti AQSH Xitoy, Yaponiya, Germaniya va Hindistondan keyin dunyoda 6-iqtisodiy rivojlangan davlat sifatida tan olingan.

Qudratli Fransiyada turizm eng muhim tarmoqlardan biri bo‘lib qolayotgani, mamlakat iqtisodiyotni, jumladan sayyohlik sohasini rivojlantirish orqali aholini ish bilan ta’minlash, turmush darajasini yaxshilashda namuna bo‘layotgani e’tiborga molik.

Hozir mamlakat yalpi ichki mahsulotida turizmning ulushi 7 foiz. Sektorda milliondan ziyod ish o‘rni mavjud, bu zaminda tashkil etiladigan 4000 dan ortiq sayyohlik tadbiri yiliga 300 millionga yaqin odamni jalb qiladi.

Fransiya xorijlik sayyohlar soni bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Eyfel mamlakatiga har yili 80 milliondan ziyod chet el fuqarolari keladi.

Из каких стран в 2022 году в Узбекисtan чаще всего приезжали turistы – Spot

Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, Fransiya dunyo sayyohlarini jalb qilish bo‘yicha hududi va aholisi jihatdan bir necha barobar ustun bo‘lgan AQSH (62,7 million turist) va Xitoy (57,6 million)ni ortda qoldirmoqda. Mamlakat turizm vazirligi mas’ullari ta’kidlashicha, bu borada yanada yuqori pog‘onaga chiqish mumkin. Demak, Fransiya kelgusida ham jahon turizm industriyasida birinchilikni saqlab qolishga harakat qiladi.

“Buning uchun sohani yanada raqobatbardoshli qilish, taklif va xizmat sifatini oshirib borish lozim”, deyiladi hukumat axborotida.

E’tiborli jihati shundaki, Fransiyaning sayyohlik jozibadorligi har qanday did uchun mos. Bu yurtda diqqatga sazovor joylar ko‘p, landshaft xilma-xil, tarixiy va badiiy meros juda boy, iqlim mo‘’tadil, transportdan foydalanish qulay, sayyohlar uchun mos xizmat, mehmonxona, ko‘ngilochar tadbir-tomoshalar bisyor. Bir so‘z bilan aytganda, Fransiyada har bir departament turizmni rivojlantirish orqali mamlakat byudjetini to‘ldirishga hissa qo‘shadi.

Социальная напряженность во Франции: индустрия turizmа держит удар |  Euronews

Ma’lumki, so‘nggi yillarda Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida O‘zbekistonning dunyo hamjamiyati bilan barcha sohalarda yaqin aloqani yo‘lga qo‘yish siyosati ilgari surilmoqda. Ayni maqsadda davlatimiz rahbari qisqa vaqt ichida jahonning ko‘plab rivojlangan davlatlariga tashrif buyurdi. Ushbu safarlar davomida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan tarixiy kelishuvlarga erishilmoqda. Masalaga bunday yondashuv, shubhasiz, mamlakatimiz iqtisodiyoti yuksalishiga, xalqimiz farovonligi oshishiga xizmat qilayotir. Aynan oxirgi yillarda mutlaq yangi bosqichga chiqqan O‘zbekiston – Fransiya munosabatlari fikrimizga yaqqol dalildir.

O‘zbekiston yetakchisi 2018 yil oktyabr oyida Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan ushbu davlatga ilk bor rasmiy tashrif buyurgan. Ikkinchi tashrif 2022 yil 21-22 noyabr kunlari amalga oshirildi. Ikki kunlik rasmiy tashrif davomida O‘zbekiston – Fransiya munosabatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan 14 hujjat imzolanib, parlamentlararo hamkorlik, iqtisodiyot,siyosat va madaniyat sohalaridagi o‘zaro aloqalarni yangi, yanada yuksak bosqichga ko‘tarish imkoni yaratildi.

Oliy darajadagi safarlar davomida davlat rahbarlari o‘rtasida iqtisodiyotning barcha yo‘nalishlari qatori turizm sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalasi ham atroflicha muhokama qilindi. Buning uchun mamlakatlarimizda salohiyat yetarli ekani tasdiqlandi.

O‘zbekiston va Fransiya qadimiy osori-atiqalar, tarixiy obidalar, madaniy meros va boy an’analarga ega mamlakatlar. Ushbu imkoniyatlardan samarali foydalanish uchun hamkorlik mustahkamlanishi kelgusida ulkan natijalar berishi shubhasiz.

Французский специалист поможет в развитии горного turizmа в Узбекисtanе

Masalan, Prezident Shavkat Mirziyoyev tashrifi arafasida dunyodagi eng yirik va eng ko‘p mijoz tashrif buyuradigan Luvr muzeyida “O‘zbekiston vohalarining mo‘’jizalari. Karvon yo‘llari chorrahasida” ko‘rgazmasi ochildi. Xalqimizning boy madaniy merosiga bag‘ishlangan ushbu ko‘rgazma 2023 yil 6 martga qadar davom etdi.

O‘shanda davlat rahbarlari ko‘rgazma yuksak darajada tashkil etilgani, mamlakatimiz uchun ajratilgan bo‘limda o‘ziga xos muhit yaratilganini ta’kidlab, ushbu muhim voqea ikki mamlakat madaniy hayotida muhim o‘rin tutishi ta’kidlandi. Luvrdagi ko‘rgazma nafaqat O‘zbekiston va Fransiya, balki butun Yevropa va Markaziy Osiyo xalqlari o‘rtasidagi azaliy tarixiy aloqalarni, do‘stlik va o‘zaro anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi.

Parijdagi Arab dunyosi institutida esa O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan “Samarqandga yo‘l. Ipak va oltin mo‘’jizalari” nomli ko‘rgazma tashkil etilib, 2022 yil noyabrdan 2023 yil iyun oyigacha ilk bor Fransiyada keng xalqaro jamoatchilik e’tiboriga O‘zbekistonning XIX asr oxiri-XX asr boshiga oid boy madaniyatiga taalluqli 300 dan ortiq eksponat havola etildi.

Fransuzlar dunyo bo‘ylab eng ko‘p sayohat qiladigan millat hisoblanadi. Tabiiyki, O‘zbekistonga kelayotganlar orasida ham ular ko‘pchilikni tashkil etadi. O‘zbekiston Fransiya fuqarolari uchun vizasiz tartib joriy etgani ham mazkur sohada ikki mamlakat hamkorligini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim omil bo‘ladi.

Saidmurod Rahimov, O‘zA sharhlovchisi