Oxirgi daqiqa

Vashingtonda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishga kelishildi

Mamlakatimiz delegatsiyasining Vashingtonga tashrifi doirasida milliy miqyosda qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilishga qaratilgan hamkorlikni mustahkamlash yo‘lida yana bir dadil qadam tashlandi.

“Powerus” kompaniyasi hammuassisi va texnik direktori, ushbu korxona tarkibiga kiruvchi “Kaizen Aerospace” tuzilmasi bosh direktori Ziv Marom ijtimoiy tarmoq orqali ma’lum qilishicha, bu gal diqqat markaziga ilg‘or avtonom va ekologik barqaror aviatsiya tizimi chiqqan. Bunday texnologiya kimyoviy chiqindini kamaytirish, suvdan foydalanishni maqbullashtirish va hosildorlik samaradorligini oshirishda yangi imkoniyatlar ochadi.

AQSH vakilining so‘zlariga ko‘ra, muhokama davomida asosiy e’tibor yuk ko‘tarish quvvatiga ega aviatsiya platformalarini tizimli va bosqichma-bosqich joriy etish, institutsional o‘qitish dasturlari hamda butun qishloq xo‘jaligi tarmog‘ida unumdorlik, samaradorlik va barqaror o‘sishni qo‘llab-quvvatlashga mo‘ljallangan uzoq muddatli infratuzilma yaratish masalalari ko‘tarildi.

Описание: Nessuna descrizione alternativa per questa immagine

Uchrashuv yakunini sarhisob qilarkan, hamkorlarimiz tajriba-sinov tushunchasiga emas, balki loyihalarni qat’iy tartibda amalga oshirish va keng ko‘lamda joriy etishga ustuvor ahamiyat qaratishdi.

Yaqin kelajakda tashabbusni bevosita O‘zbekistonda amaliyotga tatbiq etishga kelishib olindi.

A.Xidirov, O‘zA