Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida taekvondo ITF bo‘yicha o‘tkazilgan xalqaro turnirda mamlakatimizning yosh sportchilari munosib ishtirok etdi.
Markaziy Osiyo va Yevropa mamlakatlarining terma jamoalari qatnashgan bahslar sarhisobiga ko‘ra, o‘zbekistonlik yosh taekvondochilar 7 ta oltin, 9 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Yilning eng so‘nggi taekvondo bahslarida Vatanimiz sport shuhratini ulug‘lagan sportchilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sport vazirligi, O‘zbekiston taekvondo ITF federatsiyasi vakillari ishtirokida tantanali kutib olindi.