Oxirgi daqiqa

Qozog‘istonlik turoperatorlar Samarqandga keldi

Samarqand shahridagi “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida “Road Show” bo‘lib o‘tdi. Unda Samarqand, Samarqand viloyati va Qozog‘istonning Chimkent shahridan turoperatorlar, turagentlar, mehmonxona va restoran boshqaruvchilari ishtirok etdi.

Biznes vakillari o‘z shaharlarining turizm ob’ektlari, shuningdek, investitsiya va turizm salohiyatiga doir taqdimotini o‘tkazdi. Ikki mamlakat turizm sohasi vakillari uchun tashkil etilgan uchrashuvlar ham aynan shu yerda bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston turoperatorlari va turagentlari chimkentlik salohiyatli hamkorlari bilan suhbatlashish imkoniga ega bo‘ldi.

Tadbir yakunida Samarqand va Chimkent turizm sektori vakillari o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolanib, kelajakda hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA