Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida 5 ta eng asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratdi

Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida 5 ta eng asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratdi

O‘zLiDePdan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev o‘z saylovoldi dasturida 5 ta eng asosiy yo‘nalishga e’tibor qaratishini ta’kidladi.

Buning uchun har yili 200 milliard so‘m ajratiladi. Dunyodagi “Top-500”ga kiradigan chet el oliygohlari bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo‘shma o‘quv dasturi va “ikki diplomli tizim” joriy etiladi.

–Bundan tashqari, biotexnologiya, sun’iy intellekt va boshqa yuqori texnologik yo‘nalishlarda yiliga 500 nafar iste’dodli yoshlarimizni eng nufuzli xorijiy oliygohlarga davlat hisobidan o‘qishga yuboramiz. – Buning uchun, 200 million dollar yo‘naltiramiz. Kelgusi yetti yilda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish uchun 1 milliard dollar ajratiladi.

Biz hurmatli professor va akademiklar, ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan magistr va aspirantlar, oliygohlar o‘qituvchi va domlalari, bir so‘z bilan aytganda, zahmatkash ilmiy va ijodkor ziyolilarimiz Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shayotganini yuksak qadrlaymiz,– dedi Shavkat Mirziyoyev.

– Fursatdan foydalanib, ularning barchasiga minnatdorchilik bildirib, samimiy hurmat-ehtiromim va ezgu tilaklarimni izhor etaman. Bu yil O‘zbekiston ilm-fanining asosiy tayanchi bo‘lgan Fanlar akademiyasi tashkil topganiga 80 yil to‘ladi. Bu qutlug‘ sanani hammamiz birgalikda nishonlaymiz. Biz Yangi O‘zbekistonni bunyod etishda sog‘lom va barkamol yoshlarimizni hal qiluvchi kuch deb bilamiz. Shu maqsadda, ularning bilim, madaniyat, san’at va sport bo‘yicha salohiyatini ro‘yobga chiqarish, tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirish borasida ham yangi tizim yaratamiz.

O‘zA