Jizzaxda belbog‘li kurash bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi

Jizzaxda belbog‘li kurash bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi

Kecha 22 may kuni O`zbekiston Respublikasining Jizzax shahridagi Urda bog‘idagi amfiteatrda Birlashgan kurashlar olami (UWW) tarkibidagi belbog‘li kurash, “Alыsh” hamda “Qazaq kuresi” bo‘yicha Osiyo chempionati boshlandi.

Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligi, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi, Jizzax viloyati hokimligi va viloyat prokuraturasi hamda qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilayotgan mazkur chempionatda O‘zbekiston, Yaponiya, Eron, Hindiston, Indoneziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi 12 ta davlatdan tashrif buyurgan polvonlar kuch sinashmoqda.

Osiyo chempionati doirasida Jizzax shahridagi "O‘zbekiston" mehmonxonasining anjumanlar zalida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda Osiyoda belbog‘li kurashni, xususan, belbog‘li kurash sport turlarini keng rivojlantirish, o‘zaro hamkorlik aloqalari xususida ta’kidlandi. Matbuot anjumani yakunlangach, kunning ikkinchi yarmida reglamentga muvofiq, qirg‘iz “Alыsh” kurashining klassik yo‘nalishi bo‘yicha bellashuvlar boshlandi. Mazkur klassik yo‘nalishda erkaklar o‘rtasida 60, 70, 80, 90, 100, +100 kg. ayollar o‘rtasida esa 55, 60, 65, 70, 75, +75 kg. vaznda toifalarida 200 nafarga yaqin sportchi o‘rtasida g‘oliblar aniqlandi. Shuningdek, qirg‘iz “Alыsh” kurashining erkin yo‘nalishida ham kuchlilar aniqlandi.