Xususan, ular Farg‘ona viloyatidagi “Nurli tong silk” pillachilik klasterida bo‘ldi. Bugungi kunda mazkur klasterda doimiy va mavsumiy ishchilar soni 15 ming nafarga yetadi. Korxona joriy yil 4 million dollarlik mahsulotni eksport qilishni rejalashtirgan.
Shuningdek, viloyatda Vetnam davlati bilan hamkorlikda ipak qurti urug‘chiligi bo‘yicha “Super elita” qo‘shma korxonasini tashkil etish rejalashtirilgan. Respublikamiz bo‘ylab 11 ta qo‘shma korxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olingan.
Bundan tashqari, vetnamlik mehmonlar Andijon viloyatidagi “Andijon silk.Co” pillachilik korxonasida bo‘ldi. Bu yerda ham ular korxona faoliyatini sinchkovlik bilan o‘rgandi.
Viloyatning Marhamat tumanidagi “Ipak ko‘chat” tutchilik plantatsiyasi bilan tanishildi. Chunki ushbu plantatsiyadagi tutlar o‘zining serhosilligi va sog‘lomligi bilan vetnamlik tadbirkorlarning e’tiborini tortdi. Sababi “Ipak ko‘chat” tutchilik plantatsiyasida ilm-fanning ilg‘or texnologiyalari mutaxassislarga o‘rgatilmoqda hamda ish jarayonlarida qo‘llanilmoqda. Mehmonlar 16 ta davlatdan keltirilgan 240 xil tut navining genofondini ko‘rdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA