Oxirgi daqiqa

Malayziyaning RTM telekanali ijodkorlari Buxoroda

Malayziyaning RTM teleijodkorlari ko‘hna va boqiy Buxoroning ziyorat turizmi salohiyati haqida hujjatli film suratga oldi.

Maqsad O‘zbekistonning turizm salohiyatini xorijda keng targ‘ib qilish va Malayziyadan sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirishdir.

Filmdan Bahouddin Naqshband, Ismoil Somoniy, Ark qal’asi, Ustoz-shogird miniatyura markazlari va muqaddas qadamjolar o‘rin olgan.

–Mazkur hujjatli film 10 qismdan iborat bo‘lib, shundan 2 ta qismini Buxoroga ajratdik, –deydi RTM telekanali prodyusseri Ahmad Fayzal bin Muhammad. –Chunki biz Buxoroning “Qubattul islom” ekanligidan xabardormiz va, o‘ylaymanki, ramazon oyida efirga ketadigan bu film malayziyalik teletomoshabinlarga manzur keladi.

Loyiha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri