Xorazm viloyati Xiva shahridagi “Ichan qal’a” majmuasida “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizm yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yarmarkada ichki turizm sohasida faoliyat yurituvchi turoperatorlar, turagentlar, joylashtirish vositalari (mehmonxona, hostel, mehmon uyi) va boshqa turizm sohasi vakillari ishtirok etdi.
Yarmarkada ichki turizm yo‘nalishidagi turoperatorlar o‘z mahsulotlarini turistlarga taqdim etish hamda yangi hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Tadbir doirasida yangi turistik mahsulotlar taqdimoti hamda viloyatda yangi turizm mavsumini ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, yarmarka davomida turizm sohasi vakillarining B2B, B2G formatdagi uchrashuvlari o‘tkazilib, fikr-mulohazalar almashildi.
Behzodbek SAIDOV(surat),O‘zA