2024 yildan O‘zbekistonda “O‘zbekiston ipak matolari” (SILK UZBEKISTAN FASHION WEEK) moda haftaligi o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq u ikki yilda bir marta –may oyining uchinchi haftasida o‘tkaziladi. Haftalikda qatnashish uchun dunyoning yetakchi moda uylarini jalb etish ko‘zda tutilgan. Ular O‘zbekiston ipak matolaridan zamonaviy libos yaratish bo‘yicha tanlovda ishtirok etadi. “SILK UZBEKISTAN FASHION WEEK”ning mukofot jamg‘armasi 2 million AQSH dollarini tashkil etadi.
Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA.