Oxirgi daqiqa

Berlindagi O‘zbekiston ko‘rgazmasi yakuniga yetdi

2023 yil 4 may kunidan Berlin shahrida tashkil etilgan “O‘zbekistonning arxeologik xazinalari. Makedoniyalik Iskandardan Kushonlar saltanatigacha” nomli ko‘rgazma nihoyasiga yetdi.

Yevropa jamoatchiligi e’tiboriga miloddan avvalgi IV asrning ikkinchi yarmida makedoniyalik Iskandar hukmronligidan Kushonlar hukmronligining oxirigacha bo‘lgan davrga mansub arxeologik topilmalar havola qilindi.

Ko‘rgazma ikki maskan – Jeyms Simon galereyasi va Berlindagi Yangi muzeyda namoyish etilgan. O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabariga ko‘ra, ko‘rgazmaga 580 mingdan ziyod san’at ixlosmandlari tashrif buyurgan.

B.Xudoyberdiyev, O‘zA