Oxirgi daqiqa

O‘zbekiston va AQSH o‘rtasida ta’lim, ilm-fan, innovatsiyalar sohasida hamkorlik

Oliy Majlis Senatida jahonning nufuzli ta’lim muassasalaridan biri – AQSHning Garvard universiteti qoshida faoliyat yurituvchi Markaziy Osiyo va turkiy mamlakatlar Kokusiga a’zo talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Unda Senat Raisi Tanzila Norboyeva hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva ishtirok etdi.

Talabalar bilan bo‘lgan muloqot davomida O‘zbekistonda iqtisodiyot, ta’lim tizimi va davlat boshqaruvi sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli yangilanishlar, yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslar hamda qonunchilikdagi dolzarb o‘zgarishlar yuzasidan fikr almashildi. Ayniqsa, mamlakatimizda aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish, manzilli yordam tizimini takomillashtirish hamda zamonaviy va samarali ijtimoiy himoya mexanizmlarini tatbiq etish borasida izchil ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.