O‘zbekiston boksi rivojiga munosib hissa qo‘shib, ko‘plab xalqaro turnir va chempionatlarda samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan hamyurtimiz Tamila Sarixanova "World Boxing" tashkilotining Mintaqaviy texnik delegatlari safidan o‘rin oldi.
E’tiborli jihati, hamyurtimiz T.Sarixanova ushbu nufuzli tashkilot tarixida mas’uliyatli lavozimga tayinlangan ilk o‘zbekistonlik va umuman birinchi ayol mutaxassis nomiga sazovor bo‘ldi.
Bu, yosh bo‘lsa-da xalqaro boks maydonida samarali faoliyat ko‘rsatib kelayotgan yurtdoshimizning o‘ziga xos yutug‘i bo‘lish bilan birga, o‘zbek boksining, xususan mamlakatimiz sport mutaxassislarining xalqaro miqyosda e’tirofga loyiq ko‘rilganining yorqin ifodasi, deyish mumkin.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA