Oxirgi daqiqa

Özbekiston Prezidenti Xalqaro velosipedçilar ittifoqi rahbarini qabul qildi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 27-noyabr kuni Xalqaro velosipedçilar ittifoqi prezidenti David Lappartyanni qabul qildi.

Muloqot çoğida mamlakatimizning uşbu nufuzli sport taşkiloti bilan samarali hamkorligini yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.

David Lappartyan Özbekistonning velosport va paravelosportda erişgan yutuqlarini hamda yurtimizda zamonaviy sport infratuzilmasini rivojlantiriş, yoşlarni uşbu sport turi bilan şuğullanişga keng jalb etiş borasida amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarni alohida eʼtirof etdi.

Sportçilarni tayyorlaş va murabbiylarning malakasini oşiriş böyiça qöşma dasturlarni ilgari suriş, Toşkent şahrida Jahon velosport markazining mintaqaviy filialini taşkil etiş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Qöşma “yöl xaritasi” asosida Özbekistonda velosport böyiça yirik xalqaro sport tadbirlari va musobaqalarini ötkaziş rejalari muhokama qilindi.

Uçraşuv yakunida sport taşkiloti rahbari Özbekiston Respublikasi Prezidenti velosportni rivojlantiriş va ommalaştirişga qöşgan ulkan hissasi uçun Osiyo velosport konfederatsiyasining oliy faxriy mukofoti – “Prezident mukofoti”ga sazovor bölganini mamnuniyat bilan maʼlum qildi.