Oxirgi daqiqa

O‘zbekiston va Tojikiston savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada kuchaytiradi

Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha 13-hukumatlararo komissiya yig‘ilishida Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda va O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov ishtirok etdi.

Yig‘ilishda savdo, investitsiya, energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, bojxona tartibi, ta’lim va madaniyat sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar ikki davlat rahbarlarining izchil siyosati natijasida munosabatlar barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanayotganini ta’kidladi. 2025-yil yakunida o‘zaro tovar ayirboshlash qiymati 718,3 million dollarga yetgan. Bu 2024-yilga nisbatan 22,5 foiz yuqori. Tomonlar o‘zaro savdo ko‘rsatkichini 2 milliard dollarga yetkazishni aniq strategik maqsad sifatida belgilab olgan.

F.Yaxshiboyeva, O‘zA