Oxirgi daqiqa

O‘zbekiston-Turkiya: investitsion salohiyat, iqtisodiy imkoniyatlar

Amaliy tashrif bilan Turkiya Respublikasining Trabzon viloyati hokimi Ahmet Metin Gench boshchiligidagi delegatsiya Buxoroda bo‘ldi.

Tashrif doirasida ikki hudud rahbarlari ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda ikki mamlakat rahbarlarining do‘stona munosabatlari va siyosiy irodalari davlatlarimiz o‘rtasida barcha sohalardagi aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqani hamda o‘zaro hamkorlikning jadallashishiga omil bo‘lgani alohida ta’kidlandi.

Buxoro viloyati hamda Trabzon o‘rtasida hamkorlikni yanada kengaytirish uchun hali foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjud ekani ta’kidlanib, bu borada amaliy natijadorlikka erishish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.

Muzokara davomida ikki hudud o‘rtasida savdo, iqtisodiy, investitsion, ta’lim, logistika, turizm yo‘nalishlarida hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish bo‘yicha kelishib olindi.

Buxoroning investitsion salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari taqdimoti o‘tkazildi.

Uchrashuv yakuni bilan ikki hudud o‘rtasida Qardoshlik memorandumi imzolandi.

Tashrif dasturiga ko‘ra, delegatsiya Buxoroda turkiyalik investorlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar bilan yaqindan tanishishadi, Buxoroning tarixiy qadamjo va ziyoratgohlarida sayohatda bo‘lishadi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.