Oxirgi daqiqa

O‘zbekiston va Bahrayn: shartnomalar ijrosi ustidan parlament nazorati kuchaytiriladi

Parlamentlararo Ittifoqning 150-yubiley assambleyasi doirasida Oliy Majlis Senatiga Bahrayn parlamenti Vakillar kengashi Bosh kotibi Karim Muhammad al-Abbosiy boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

Senat devoni rahbari Qudrat Nurullayev bilan uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni kengaytirish imkoniyatlari, jumladan, do‘stlik guruhlarini tashkil etish, parlament qo‘mitalari va devonlari darajasida muntazam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish, shuningdek, ikki tomonlama shartnomalar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish niyati bildirildi.

Uchrashuv yakunida tomonlarning ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga qaratilgan parlamentlararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligi bildirildi.

N.Abduraimova, O‘zA