Oxirgi daqiqa

O‘zbekiston Prezidenti Saudiya Arabistoniga keldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni amaliy tashrif bilan Ar-Riyod shahriga keldi.

Podshoh Xolid nomidagi xalqaro aeroportda davlatimiz rahbarini Ar-Riyod viloyati rahbariyati – shahzoda Muhammad bin Abdurahmon bin Abdulaziz va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Bugun O‘zbekiston yetakchisi navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.

Tadbir kun tartibiga muvofiq, G‘azo va Livandagi keskinlikni tez fursatda kamaytirish, mojaroni siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish masalalari ko‘rib chiqiladi.