Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Tehron shahrida Eron Islom Respublikasi birinchi vitse-prezidenti Muhammad Rizo Orif va sanoat, kon va savdo vaziri Sayid Muhammad Otabak bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikning bugungi holati, jumladan amaldagi kelishuvlar va qo‘shma loyihalarn hayotga tatbiq etilishini ko‘rib chiqdilar. Ustuvor yo‘nalishlar belgilanib, o‘zaro savdo hajmini oshirish bo‘yicha qo‘shma qadamlar kelishib olindi. Asosiy e’tibor ikki davlat o‘rtasidagi imtiyozli savdo bitimi doirasida tadbirkorlar uchun imkoniyatni kengaytirish masalasiga qaratildi.
O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi hukumatlararo qo‘shma komissiyaning navbatdagi 16-majlisi va 2025 yil birinchi choragida rejalashtirilgan qo‘shma biznes-forum muddati kelishib olindi.
Muzokara yakunida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va transport sohalarida sheriklikni yanada rivojlantirish bo‘yicha erishilgan kelishuvlar to‘liq qamrab olingan bayonot imzolandi.