Aeroportda qator davlat va hukumat rahbarlarini kutib olishga hozirlik ko‘rish ishlari yakunlanmoqda.
Toshkent shahrida 8-9 noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining (IHT) o‘n oltinchi sammiti bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, tadbirda Ozarbayjon, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston va Turkiyaning davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Birozdan so‘ng xorijiy delegatsiya vakillarini kutib olish boshlanadi.
Nosirjon HAYDAROV,
Otabek MIRSOATOV(surat),
O‘zA