O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali kechdi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Xitoyga tashrifi samarali kechdi

Dastlab yig‘ilishda fraksiya rahbari A.Qodirov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq Respublikasiga davlat tashrifi hamda uning natijalari xususida to‘xtalib o‘tdi:

"Davlatimiz rahbarining Xitoy Xalq Respublikasiga tashrifi mamlakatimiz buguni va ertasi uchun samarali bo‘ldi. Chunki tashrif doirasida jami 41 ta ikki tomonlama hujjat imzolandi, umumiy qiymati 25 milliard dollardan ziyod bo‘lgan kelishuvlarga erishildi. Shuningdek, davlatimiz rahbari “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etib, mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muhim taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Tashrif doirasida erishilgan bitim va kelishuvlar mamlakatimiz rivoji, yangi loyihalarni amalga oshirish va aholi farovonligini ta’minlashda alohida ahamiyat kasb etadi", dedi fraksiya rahbari.

Shundan so‘ng fraksiya a’zolari O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasining 2022-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni qizg‘in muhokama qilib, ma’qulladilar.

Kun tartibidagi qonun loyihalari ham qizg‘in muhokama qilinib, savol va takliflar o‘rtaga tashlandi. Muhokamalardan so‘ng ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Muhtarama Komilova,

O‘zA