Samarqandda O‘zbekiston – Iroq investitsiya va biznes forumi o‘tkazildi.
Poytaxtimizda ikki davlat yirik kompaniya va ishbilarmonlari ishtirokida tashkil etilgan forumning uzviy davomi sifatida o‘tkazilgan tadbirda iroqlik hamda Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridan 400 nafardan ortiq ishbilarmon doira vakillari qatnashdi.
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Samarqand viloyat hokimligi mas’ullari mamlakatimizning investitsion va eksport salohiyati, iqtisodiy imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi. Xorijiy davlatlar va yirik kompaniyalar bilan hamkorlik holati va istiqbollari haqidagi videoroliklar namoyish etildi.
O‘z navbatida Iroq hukumati savdo va iqtisodiyot sohasi rahbarlari, ishbilarmonlar o‘z davlatida xorijlik investorlar uchun yaratilgan sharoit va iqtisodiy imtiyozlar, Yevropa va Osiyo bozorlariga chiqish uchun mavjud imkoniyatlar haqida so‘z yuritdi hamda o‘zbekistonlik tadbirkorlarni hamkorlikda ishlashga taklif qildi.
– Biz madaniy-tarixiy jihatdan O‘zbekiston bilan juda yaqin davlatmiz va endilikda iqtisodiy sohada ham o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish niyatidamiz, – dedi forumda so‘zga chiqqan Iroq Milliy investitsiyalar komissiyasi raisi o‘rinbosari Salar Muhammad Amin. – O‘tgan yil dekabr oyida Bog‘dod shahrida o‘tkazilgan iqtisodiy forumda bu hamkorlikning istiqbolli bo‘lishiga umid uyg‘ongandi. Ushbu haftada Toshkent shahrida va bugun Samarqand shahrida ikkinchi forumda qatnashib bu umidimiz qat’iy ishonchga aylandi. O‘zbekiston kompaniyalari uchun Iroq eng qulay va istiqbolli bozor bo‘lishiga ishonamiz. Shu bilan birga bizning davlatimiz o‘zbekistonlik ishbilarmonlar uchun Yevropa bozorlariga kirishda eng qulay yo‘l bo‘ladi. Biz sizlar bilan oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik, farmatsevtika, qayta tiklanuvchi energiya texnologiyalari ishlab chiqarish, IT va turizm sohalari bo‘yicha ikki tomonlama manfaatli sheriklik qilishga tayyormiz. Bu borada o‘zbekistonlik tadbirkorlar va kompaniyalarga zarur shart-sharoit, iqtisodiy imkoniyatlar yaratib beramiz.

збекистон–Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди

екистон–Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди

екистон–Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди

бекистон–Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди

истон–Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди

кистон–Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди

екистон–Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди

–Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди

кистон–Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди

екистон–Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди

екистон–Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди

он–Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди

Ўзбекистон–Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди

Ироқ: иқтисодий ҳамкорликнинг истиқболлари белгиланди
Forumda so‘zga chiqqan Iroq Iqtisodiy kengashi raisi Ibrohim Madlul Uvayd Ma’sudiy o‘zbekistonlik tadbirkorlarni shu yilning 1-7 fevral kunlari Bog‘dod shahrida o‘tkaziladigan xalqaro iqtisodiy ko‘rgazmaga taklif qildi.
– Biz Samarqand haqida bolaligimizda kitoblarda o‘qiganmiz va bu qadimiy shaharni ko‘rishni orzu qilganmiz, – dedi Ibrohim Madlul Uvayd Ma’sudiy. – Bugun ana shu orzularimiz ushalganidan benihoya xursandmiz va ko‘rsatilayotgan yuksak hurmat, mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildiramiz. Yurtingizga tashrifimiz davomida Toshkent shahri va Samarqand viloyatidagi bir qator ishlab chiqarish korxonalari, erkin iqtisodiy zonalarda bo‘ldik. Korxonalarda zamonaviy texnologiyalar keng qo‘llanilayotgani va ishlab chiqarish jarayonlarining tizimliligi bizga manzur bo‘ldi. Shu bois Iroqda O‘zbekiston savdo uylari, yirik kompaniyalar vakilliklarini tashkil etish orqali sizlar bilan yaqin hamkorlik qilish ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishiga ishonch hosil qildik.
Forumda Surxondaryo viloyatida Afg‘oniston bilan chegara hududida tashkil etilgan “Ayritom” erkin savdo zonasi va bu yerdagi logistika markazi imkoniyatlari haqida taqdimot qilindi.
Shundan so‘ng O‘zbekiston va Iroq ishbilarmon doira vakillari B2B va G2B formatida uchrashuvlar o‘tkazib, mahsulot yetkazib berish, tajriba almashish hamda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan muzokaralar o‘tkazdilar.
Forum doirasida Iroq delegatsiyasi a’zolari Samarqand viloyatidagi yirik ishlab chiqarish korxonalari, tadbirkorlik sub’ektlari va “Urgut” erkin iqtisodiy zonasidagi zavod va fabrikalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
G‘olib Hasanov, Alisher Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari