22-24 mart kunlari Xitoy Xalq Respublikasi Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan “Sinszyan madaniyat va turizm ko‘rgazmasi – 2025” hamda oltinchi “Sinszyan bahorgi turizm ko‘rgazmasi”da O‘zbekiston turizm imkoniyati namoyish etildi.
Turizm qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan tashkil etilgan stendda mamlakatimiz investitsiya, eksport va turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkazildi.
Tadbirda Toshkent va Urumchi shaharlari turizm sohasi vakillari o‘rtasida sayyohlar sonini oshirish va turizm infratuzilmasiga investitsiya jalb qilish maqsadida bir qancha hamkorlik kelishuvlariga erishildi.
Qayd etish kerak, Xitoy telekanali Urumchi shahrida bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmalarda mamlakatimiz ishtiroki haqida ko‘rsatuv tayyorladi. Unda Toshkent shahrining turistik salohiyatiga alohida urg‘u berilgan.
B.XUDOYBERDIEV, O‘zA