Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari S.Tojiyev hamda Boshqirdiston Respublikasi Tadbirkorlik va turizm vaziri Z.Gordiyenka o‘rtasida sohada hamkorlik yo‘lga qo‘yish va istiqbolli rejalar yuzasidan muzokara o‘tkazildi.
Uchrashuvda talab jihatida o‘sib borayotgan turizm sohasida tadbirkorlik, xorijiy mehmonlarni jalb qilish tajribasi muhokama qilindi. Jumladan, turistik kompaniyalar o‘rtasida keng aloqalarni yo‘lga qo‘yish katta yutuqlarga debocha ekanligi ta’kidlandi.
Toshkent shahrida turizm xizmatlari uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda yangi turistik manzillarning konsepsiyasi tanishtirildi.
Hokim o‘rinbosari oldinda o‘zaro tajriba almashish, har tomonlama izchil hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA