Markaziy Osiyo va Qatar munosabatida yangi sahifa

Markaziy Osiyo va Qatar munosabatida yangi sahifa

E.Tulyakov hamkorlarning ulkan salohiyatini hisobga olgan holda, mavjud hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan yondashuv har ikki tomon uchun manfaatli ekaniga urg‘u berdi. Shu ma’noda ayni voqea sheriklik borasida kvant sakrashga erishish yo‘lidagi muhim va strategik qadam sifatida baholanib, joriy aloqalarni mustahkamlash bo‘yicha strategik yo‘nalish mavjudligini tasdiqlaydi. Arab dunyosi, jumladan, Qatar davlati, ayniqsa, O‘zbekistonni arab davlatlari bilan bog‘laydigan ko‘plab umumiy tomonlar orqali keng qamrovli strategik muloqotga yo‘l ochadi.

– Ushbu hamkorlik, jumladan, Qatarning so‘nggi yillarda namoyon bo‘lgan xalqaro obro‘si, qurilish sohasida to‘plagan boy tajribasi tufayli juda muhim, deb hisoblaymiz, – dedi Tulyakov. – Infratuzilma va har tomonlama rivojlanish jarayoni, shuningdek, muvaffaqiyatli o‘tkazilgan futbol bo‘yicha jahon chempionati ham e’tiborni tortadi.

Qo‘shimcha qilinishicha, O‘zbekiston rivojlanish bo‘yicha strategik qarashga ega va bu yo‘lda Qatar tajribasidan foydalanish ham muhim.

So‘zini yakunlar ekan, Eldor Tulyakov O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi savdo ayirboshlash ko‘rsatkichi Amir hazratlari tashrifidan so‘ng o‘sish tendensiyasiga ega bo‘lishini ta’kidladi. Siyosiy munosabat hamkorlik orqali haqiqatga aylanishiga ishonch bildirdi.

– Qatar va O‘zbekiston so‘nggi yillarda o‘zaro munosabatni turli darajada rivojlantirish sari olg‘a intilishda kat’iyat ko‘rsatdi, – dedi xalqaro aloqalar bo‘yicha ekspert, doktor Ahmad Muhammad G‘ays Al-Kuvariy. – Bir necha hafta oldin poytaxt Toshkentda Qatar elchixonasi ochilib, ikki davlat o‘rtasidagi siyosiy muloqotning navbatdagi davrasi o‘tkazildi.

Uning fikricha, Qatar va O‘zbekiston o‘rtasida aloqa ko‘priklarini barpo etish, savdo, qishloq xo‘jaligi va sanoat sherikligini yo‘lga qo‘yish Qatarning 2030 yilgacha mo‘ljallangan milliy qarashlari asosidagi harakat yo‘nalishi va iqtisodiy strategiyasiga hamohang.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA