Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xalqaro reytingga kiritildi

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Xalqaro reytingga kiritildi

Umumiy ko‘rsatgichlar bo‘yicha TATU dunyo universitetlari o‘rtasida 1001+ o‘rinda qayd etilgan. “Times Higher Education Impact Rankings 2023" reytingi, bu — universitetlarning Birlashgan millatlar tashkilotining Barqaror rivojlanish maqsadlariga muvofiqligini baholaydigan yagona global samaradorlik reytingi hisoblanadi.

Reyting bo‘yicha universitetlar faoliyati davomida mazkur maqsadlarni tatbiq etish va rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirayotgan ishlar baholanadi.

Reytingning BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari yuzasidan alohida mezonlari bo‘yicha quyidagi o‘rinlar belgilangan: Munosib ish o‘rinlari va iqtisodiy o‘sish (8) ko‘rsatgichi bo‘yicha TATU 601-800 o‘rinda qayd etilgan.

Bu esa so‘nggi yillarda talabalarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar samarasi hisoblanadi.

Arzon va toza energiya manbalari (7) ko‘rsatgichlari bo‘yicha 401-600, Iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash choralari (13) ko‘rsatgichlari bo‘yicha 301-400, Barqaror rivojlantirish yo‘lida hamkorlik (17) mezonlari bo‘yicha esa 1001+ o‘rinlarda qayd etilgan.

O‘zA