Toshkentda Butunjahon velosiped kuni tantanali tarzda nishonlandi

Toshkentda Butunjahon velosiped kuni tantanali tarzda nishonlandi

Bugun poytaxtimizda Butunjahon velosiped kuni munosabati bilan havaskorlar o‘rtasida velomarafon o‘tkazildi.

Bir necha yosh toifasida o‘tkazilgan velosipedchilar poygasida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular tashkilotchilar tomonidan diplom hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Taqdirlash marosimida Yoshlar siyosati va sport vazirligi, velosport federatsiyasi hamda tegishli korxona va tashkilot mutasaddilari ishtirok etdi.

Muhammad AMIN (surat), O‘zA