Shaxmat: Nodirbek g‘alabali yurishini davom ettirmoqda

Shaxmat: Nodirbek g‘alabali yurishini davom ettirmoqda

Kecha musobaqaning 2-turida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov norvegiyalik Aryan Tariga qarshi qora donalarda o‘yin o‘tkazdi. Shiddatli kechgan bahs yakunida Nodirbek raqibini mag‘lub etdi. Ushbu g‘alabadan keyin Abdusattorov 4 ochkoga ega bo‘lgan holda xalqaro turnirdagi o‘rnini yanada mustahkamlab oldi.

Turnir jadvalini 4,5 ochkoga ega amerikalik Fabiano Karuana boshqarib borayotgan bo‘lsa, 2- va 3-o‘rinlarni 4 ochkoga ega AQSH sharafini himoya qilayotgan Xikaru Nakamura hamda yurtdoshimiz Abdusattorov band etgan. Ulardan keyingi qatorda borayotgan Fransiya vakili Alirizo Firudja va hindistonlik Gukesh 3 ochko jamg‘argan.

Bugun, 1-iyun kuni xalqaro turnirning 3-turida Nodirbek Alirizo Firudja bilan kuch sinashadi. Hamyurtimiz o‘yinni oq donalarda o‘tkazadi.

T. Ro‘ziyev, O‘zA