Xalqaro hamkorlik istiqbollari belgilandi

Xalqaro hamkorlik istiqbollari belgilandi

Tashrif davomida tashkil etilgan uchrashuvda savdo, iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, sog‘liqni saqlash va iqtisodiyotning boshqa sohalarida Navoiy viloyati va Buyuk Britaniya o‘rtasida ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro kelishib olindi.

Shuningdek, elchi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Navoiy davlat pedagogika institutida ham bo‘ldi. Uchrashuvda institut professor-o‘qituvchi va talabalarning Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda olib borilayotgan ilmiy loyihalari, ijodiy ishlari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv yakunida Navoiy davlat pedagogika instituti va Buyuk Britaniya oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar qo‘llab-quvvatlandi.

A.Bo‘riyev,

O‘zA