Xalqaro geodezistlar haftaligi o‘z ishini boshladi

Xalqaro geodezistlar haftaligi o‘z ishini boshladi

Agentlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu nufuzli tadbirda mamlakatimiz vakillari birinchi marta ishtirok etmoqda.

28 maydan 1 iyungacha davom etadigan mazkur tadbirda Xalqaro geodezistlar federatsiyasi tomonidan geodeziya, kadastr, fazoviy ma’lumotlar taqdim etiladi. Sohaga doir boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha dunyoning turli mamlakatlarida erishilgan yutuqlar, tajribalar hamda muammoli masalalar ko‘rib chiqiladi. Xalqaro geodezistlar federatsiyaga 1878 yil 18 iyulda Parijda 7 ta milliy assotsiatsiya – Belgiya, Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya va Shveysariya delegatlari tomonidan asos solingan bo‘lib, tashkilot xalqaro geomatiklar federatsiyasi sifatida tanilgan. Dunyoning 120 dan ortiq mamlakati a’zo ushbu xalqaro tashkilot butun dunyo geodezistlari manfaatlarini himoya qiladi va o‘zaro tajriba almashish uchun imkoniyatlar yaratadi.

Sh. Mamaturopova, O‘zA