Gullar festivali dunyoni lol qoldirdi

Gullar festivali dunyoni lol qoldirdi

Maqolada Namangan xalqaro aeroporti hududidan Gullar avtoparadi bilan boshlangan festival tantanalari ko‘tarinki kayfiyat, shod-xurramlik, orastalik, fayz-barakaning muhim omili sifatida har bir ko‘cha, xiyobon, xonadonni chamanzorga burkagani ifodalangan.

“O‘zbekiston davlat bayrog‘i bilan bezatilgan, anvoyi gullarga burkangan yengil avtomobillar, yuk mashinalari, kombayn, traktor, hatto, avtokrangacha, jami 200 dan ziyod transport vositasidan iborat karvon shahar ko‘chalari bo‘ylab harakatlandi”, deb yozgan nashr.

Muallif gullar shahrida go‘zallik va nafosat, qadriyat va muhabbat, hurmat va ehtirom ramzi sanalgan gulga alohida mehr qo‘yilgani e’tirof etilgan. Dunyo hamjamiyati nazariga tushgan namanganlik gulchilarning ushbu bayramga tayyorgarligi, har bir hovli gul bilan bezatilgani, maxsus gul tuvagi va gulzorlarda turfa xil navlar yetishtirilgani hayratlanarli ekani urg‘ulangan.
Ayniqsa, avtomobil karvonidagi turli transport vositalaridagi bir-biridan ko‘rkam kompozitsiyalar Qirg‘iziston, Tojikiston, Qozog‘iston, Xitoy, Yaponiya, Koreya, Turkiya, Rossiya, Eron, Hindiston kabi o‘nlab xorijiy mamlakatlardan kelgan turistlar, chet el ommaviy axborot vositalari vakillari hayratiga, olqishiga sazovor bo‘layotgani, eng asosiysi, festival qamrovi yildan-yilga kengayib borayotgani qayd qilingan.

Muharrama Pirmatova,

O‘zA