O'zbekiston taekvondochilari Bokuda "Parij-2024" reyting ochkolari uchun kurashadi

O'zbekiston taekvondochilari Bokuda "Parij-2024" reyting ochkolari uchun kurashadi

"Parij-2024" yozgi Olimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolari taqdim etadigan mazkur jahon chempionatida dunyoning eng kuchli taekvondochilari qatori mamlakatimizning 16 nafar sportchisi g‘oliblik uchun kurash olib boradi.

Olimpiya o‘yinlari g‘olibi Ulug‘bek Rashitov, jahon va qit’a chempionatlari g‘olib va sovrindorlari Jasur Jaysunov, Shuhrat Salayev, Nikita Rafalovich, Svetlana Osipova, Feruza Sodiqova hamda bir qator yosh sportchilardan iborat O‘zbekiston terma jamoasi chempionatning 8 ta o‘g‘il va 8 ta qizlar vazn toifasidagi bahslarda sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

Ozarbayjon milliy olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti Chingiz Huseynzodaning bildirishicha, Bokuda ilk bor o‘tkazilayotgan taekvondo WT bo‘yicha jahon chempionati tadbirlarida Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rahbari Tomas Bax va bir qator xalqaro sport tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etishi musobaqa ahamiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

145 ta davlatdan ming nafarga yaqin sportchi qatnashadigan jahon chempionati 29-may 4-iyun kunlari bo‘lib o‘tadi.

T.RO‘ZIEV, O‘zA