Oxirgi daqiqa

O‘zbekiston – Jahon banki: o‘zaro manfaatli loyihalar bo‘yicha hamkorlik

Unda tomonlar joriy va istiqbolli loyihalar doirasidagi hamkorlik masalalari xususida so‘z yuritdi.

Janob Niyu Chiyu Jahon bankining O‘zbekiston Respublikasidagi faoliyatini doimiy qo‘llab-quvvatlagani uchun hukumatga samimiy minnatdorlik bildirdi.

O‘z navbatida, iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari Ilhom Norqulov mehmonlarni mamlakatda tadbirkorlik, yer munosabatlari va infratuzilmani rivojlantirish sohasidagi islohotlar bilan tanishtirdi.

Shundan so‘ng tomonlar tadbirkorlarni global elektron tijorat platformalariga ulashni tashkil etish hamda milliy meva va boshqa mahsulotlarni xorij bozorlarida targ‘ib qilishga qaratilgan loyihalar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuv yakunida yuqorida ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shma hamkorlikni davom ettirishga va o‘zaro manfaatli loyihalar sohasini kengaytirishga kelishib olindi.

N. Ziyodullayeva tayyorladi, O‘zA