Özbekiston va Ömonni minglab kilometr masofa ajratib turadi. Biroq ikki mamlakat örtasidagi aloqalarning ildizi asrlar qaʼriga borib taqaladi. Movarounnahr allomalarining ilmiy merosi, Samarqand va Buxoro meʼmorçilik anʼanalari hamda qadimiy savdo yöllari bu ikki xalqni azaldan özaro boğlab kelgan. Bugungi kunda esa ana şu tarixiy yaqinlik siyosiy muloqot, investitsiya, savdo va madaniy hamkorlik sohalarida öz aksini topmoqda.
Ayni kunlarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan uşbu mamlakatda bölib turibdi.
Ikki davlat örtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 22-aprelda örnatilgan. Aloqalar rivojida Özbekiston Birinçi Prezidentining 2009-yil oktabr oyida Ömonga amalga oşirgan davlat taşrifi muhim bosqiç bölgan. Öşanda 19 ta hukumatlararo va idoralararo hujjat imzolangan edi. Bugungi kunda ikki tomonlama munosabatlarning şartnomaviy-huquqiy asosini 23 ta hujjat taşkil etadi.
Keyingi yillarda siyosiy muloqot yanada faollaşdi. 2010-yil aprelda Toşkentda Ömon elçixonasi oçildi. 2018-yil iyulda esa Masqatda Özbekiston elçixonasi öz faoliyatini boşladi. Şu tariqa ikki mamlakat örtasida doimiy diplomatik muloqot olib boriş imkoniyati kengaydi. 2024–2025-yillarda taşqi işlar vazirlari, parlament va hukumat vakillari darajasida qator uçraşuvlar ötkazildi. 2026-yil 4-martda Prezident Şavkat Mirziyoyev va Ömon Sultoni Haysam bin Toriq Ol Said örtasida telefon muloqoti bölib ötdi. Iyun–iyul oylarida esa Masqatda taşqi işlar vazirliklari örtasida siyosiy maslahatlaşuvlarning töqqizinçi davrasi taşkil etildi.
Muntazam muloqot iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş uçun ham qulay şaroit yaratmoqda. Xususan, 2025-yilda özaro savdo hajmi 2,3 million dollarni taşkil etgan bölsa, 2026-yilning yanvar–sentabr oylarida bu körsatkiç 3,2 million dollarga yetdi. Şu davrda Özbekistonning Ömonga eksporti 2,1 million, importi esa 1,1 million dollarga teng böldi.
Savdo hajmi hozirça katta emas, biroq investitsiya yönalişidagi hamkorlik ança keng kölam kasb etmoqda. Ayni paytda Özbekistonda Ömon kapitali iştirokida sakkizta korxona faoliyat yuritmoqda. “Özomankapital” kompaniyasi tomonidan umumiy qiymati 255,7 million dollar bölgan 15 ta investitsiya loyihasi moliyalaştirilgan. 2026-yil sentabr–oktabr oylarida Özbekiston delegatsiyasining Masqatga taşrifi yakunida esa 5,3 milliard dollarlik savdo-iqtisodiy va investitsiya loyihalari töplami şakllantirildi.
Ikki mamlakat örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni muvofiqlaştirişda Hukumatlararo qöşma komissiya ham faol iştirok etmoqda. 2025-yil 12-iyunda Toşkentda komissiyaning beşinçi yiğilişi bölib ötdi. Unda savdo, investitsiya va sanoat sohalaridagi loyihalar muhokama qilinib, işbilarmon doiralar vakillari iştirokida qator uçraşuvlar taşkil etildi.
Şu yilning 19–20-avgust kunlari Özbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov boşçiligidagi delegatsiya Masqatga taşrif buyurdi. Taşrif davomida Ömonning Savdo, sanoat va investitsiyalarni qöllab-quvvatlaş vazirligi, Ömon investitsiya agentligi hamda yirik kompaniyalar rahbarlari bilan muzokaralar ötkazildi.
2025-yilda tadbirkor ayollar örtasidagi aloqalar ham kengaydi. Xususan, fevralda Masqatda, oktabrda esa Toşkentda ikki mamlakat işbilarmon ayollari iştirokida forumlar ötkazildi. Ularda tadbirkorlik imkoniyatlari, qöşma loyihalar va korxonalar örtasidagi hamkorlik masalalari atrofliça muhokama qilindi.
Uşbu raqamlar ikki tomonlama hamkorlikning yangi imkoniyatlaridan darak beradi. Şunga qaramay, şakllantirilgan loyihalar töplami hali töliq özlaştirilgan investitsiya degani emas. Endigi asosiy vazifa erişilgan kelişuvlarni amaliy loyihalarga aylantiriş, yangi korxonalar taşkil etiş va mahsulotlarning özaro bozorlarga kirib borişini taʼminlaşdan iborat.
Bunda transport aloqalari muhim örin tutadi. Özbekiston va Ömon Aşxobod bitimi iştirokçilari hisoblanadi. Uşbu yönaliş Markaziy Osiyoni Eron va Ömon orqali dengiz portlari bilan boğlaş imkonini beradi. Dengizga töğridan-töğri çiqiş imkoni bölmagan Özbekiston uçun bunday transport yölaklari taşqi savdoni kengaytiriş va yuk taşiş yönalişlarini köpaytiriş nuqtai nazaridan muhim ahamiyatga ega.
2026-yil 3-iyuldan “Masqat – Toşkent” yönalişida töğridan-töğri aviaqatnovlar yölga qöyilişi ham hamkorlik uçun yangi qulaylik yaratdi. “Oman Air” aviakompaniyasining haftasiga ikki marta amalga oşiriladigan parvozlari işbilarmonlar, sayyohlar va ikki mamlakat fuqarolarining bordi-keldisini sezilarli darajada yengillaştiradi.
Iqtisodiy manfaatlar bilan bir qatorda, ikki xalqni boğlab turgan tarixiy va maʼnaviy meros ham munosabatlarning muhim asosidir. Ikki mintaqa örtasidagi tarixiy aloqalar Abdurazzoq Samarqandiyning safar xotiralarida ham aks etgan. Temuriylar davrining taniqli tarixçisi va diplomati 1442-yilda Hindistonga yöl olar ekan, Masqat sohillariga yetib borgan. Kemadagi nosozlik tufayli Ömon hududida bir neça oy qolib, bu yerning tabiati va hayotini batafsil tasvirlagan.
Bu yaqinlikning öziga xos misollaridan biri ömonlik XI asr olimi Ibn Zahabiy hayoti bilan boğliq. Manbalarda u buyuk alloma Abu Ali ibn Sinoning şogirdlaridan biri sifatida tilga olinadi. Uning “Kitob al-Maʼ” (“Suv kitobi”) asari tibbiyotga oid bilimlarni alifbo tartibida jamlagan yirik qomusiy manbadir. Ibn Zahabiy öz asarida Ibn Sinoning ilmiy merosiga yuksak baho bergan.
Bugungi kunda ikki mamlakat munosabatlari sifat jihatidan yangi iqtisodiy bosqiçga kötariliş imkoniyatiga ega. Tizimli siyosiy muloqot yölga qöyilgan, istiqbolli investitsiya loyihalari töplami şakllantirilgan, transport va madaniy aloqalar esa tobora kengayib bormoqda. Özbekiston Prezidentining Ömonga ayni paytdagi davlat taşrifi esa ana şu jarayonlarga yangi siyosiy surʼat bağişlab, erişilgan kelişuvlarni amaliy natijalarga aylantirişda muhim bosqiç bölib xizmat qiladi. Zero, tarixiy yaqinlik özaro işonçga mustahkam poydevor bölsa, oliy darajadagi muloqot va qöşma iqtisodiy loyihalar uşbu şeriklikning kelgusi samarasini belgilab beradi.
Dilşod HAKIMOV,
ÖzA muxbiri