Oxirgi daqiqa

Italiya va Yaponiya kompaniyalari özbek limoniga qiziqiş bildirmoqda

Özbekistonda yetiştirilgan yangi gibrid limon navlari Italiya va Yaponiyaning eʼtiborini tortdi. Uşbu noyob sitrus meva qanday imkoniyatlarni taqdim etmoqda?

“Denov – Agro Star” ixtisoslaşgan kompaniyasi olimlari tomonidan akademik Zayniddin Faxriddinovning “Yubileyni” navi hamda “Toşkent F-1” navini çatiştiriş orqali Surxondaryo iqlim şaroitiga mos yangi, gigant gibrid “Özbek limoni”ni yaratildi. Bu noyob navga Italiya va Yaponiya kabi davlatlarning yirik kompaniyalari tomonidan katta qiziqiş bildirilmoqda. Undan olinadigan efir moyini qayta işlaşni maqsad qilişgan.

—Uşbu navning asosiy ustunligi — mevasining yirikligi, yuqori hosildorligi va qalin pöstloğida, – deydi “Denov – Agro Star” kompaniyasi agronomi Çori Yöldoşev. – Aynan mana şu xususiyati xorijiy kompaniyalarning eʼtiborini tortmoqda. Xususan, Italiya va Yaponiya vakillari uşbu limondan efir moyi işlab çiqarişga alohida qiziqiş bildirmoqda. Hozirda mahsulot namunalari mazkur davlatlarga yuborilgan. Limon pöstloğidan olinadigan efir moyi kosmetika, parfyumeriya va farmatsevtika sanoatida keng qöllaniladi. Bu yönalişning xalqaro bozordagi salohiyati Jahon bankining prognozlarida ham yaqqol körinadi: 2025-yilda Yaponiya 428 tonnadan ortiq, Italiya esa 1 238 tonnadan ziyod limon efir moyini import qildi.

—Yangi navning yana bir afzalligi — şarbat çiqariş miqdorining yuqoriligidir, – deydi “Denov – Agro Star” kompaniyasi bölim boşliği Suxrob Rahmonqulov. – Unda bu körsatkiç 45–50 foizgaça yetadi. Oddiy limonlarda esa bu 35–40 foiz atrofida böladi. Olingan şarbatdan konsentrat va ekstrakt işlab çiqarilib, oziq-ovqat sanoati, xususan, kulinariya sohasida keng qöllaniladi. Töğri agrotexnik çoralar körilsa, yangi navdan yil davomida uzluksiz hosil oliş mumkin. Loyihaning keyingi bosqiçida “Özbek limoni”ni aholi xonadonlarida kooperatsiya asosida yetiştiriş rejalaştirilgan. Buning uçun hozirda limonning gibrid navidan 2 mingta qalamça tayyorlangan. 1-2 yillik köçatlar köpaytirilib, aholiga yetkazib beriladi. Bu esa xonadon egalariga ham içki bozor, ham eksport uçun raqobatbardoş mahsulot yetiştiriş imkoniyatini taqdim etadi. Hisob-kitoblarga köra aholi tomorqalarida 100 tonnagaça limon yetiştiriş mumkin.

Surxondaryoning issiq iqlimi issiqxona xöjaliklarini rivojlantiriş uçun juda qulay. Dastlabki hisob-kitoblarga köra, yangi navli limonni eksportga yönaltiriş anʼanaviy limonlarga nisbatan uç baravar yuqori narxda sotiş imkonini beradi. Bundan taşqari, çekka hududlarda “bir mahalla – bir mahsulot” tamoyili asosida aholi bandligini taʼminlaş va farovonligini oşirişga erişiladi.

Sanjar Toşpölatov,

ÖzA