Oliy Majlis Senatiga Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yerali Tug‘janov tashrif buyurdi.
Senat Raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda ikki tomonlama ko‘p qirrali sheriklikka doir, shu jumladan, parlamentlararo hamkorlik, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash kabi keng doiradagi masalalar ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin qo‘shnichilik, qardoshlik aloqalari ikki davlat rahbarlarining do‘stona munosabatlari tufayli kengayib borayotgani alohida e’tirof etildi.

Parlamentlararo hamkorlik izchil rivojlanayotgani qayd etildi. Qonun ijodkorligi, parlament nazorati, hududiy kengashlar bilan ishlash, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish, korrupsiyaga qarshi kurashish, gender tenglikni ta’minlash kabi yo‘nalishlarda tajriba almashishni davom ettirish lozimligiga e’tibor qaratildi.
Qozog‘istonda amalga oshirilgan konstitutsiyaviy islohot va yangi parlament modeli yuzasidan fikr almashildi. 2026-yil 1-iyuldan kuchga kirgan yangi Konstitutsiyaga muvofiq, Qozog‘iston parlamenti bir palatali Qurultoy shaklida faoliyat yuritadi, ilk saylov esa 23-avgust kuni o‘tkaziladi.
N.Abduraimova, O‘zA