29-iyun – 3-iyul kunlari Ozarbayjonda Birinchi Turkologiya qurultoyining 100 yilligiga bag'ishlangan "Turkiy dunyo haftasi" o'tkaziladi.
Fan va madaniyatga oid tadbirlardan iborat hafta Prezident Ilham Aliyevning 2025-yil 22-oktabrdagi Farmoniga muvofiq tashkil etiladi.
Hafta Madaniyat vazirligi, Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasi (OMFA), Fan va ta'lim vazirligi tashkilotchiligida; Turkiy davlatlar tashkiloti, TURKSOY, Boku davlat universiteti, Turkiy akademiya, Turkiy madaniyat va meros fondi hamkorligida o'tkaziladi.
Asosiy tadbir — "Birinchi Turkologiya qurultoyi: yuz yillik ilmiy va madaniy meros" mavzusidagi xalqaro kongress. 29-iyunda Heydar Aliyev markazida ochilish marosimi bo'ladigan kongressda 20 davlatdan 80 turkolog olim va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etadi. Shuningdek, Boku universiteti tashkilotchiligida xalqaro konferensiya o'tkaziladi.
30-iyunda OMFA Prezidiumi binosida panel muhokamasi, o'sha kuni Dengiz bo'yi Milliy bog'ida konsert bo'ladi.
1-iyulda ishtirokchilar Qarabog'ga (Ag'dam, Shusha, Xankendi) sayohat qiladi; Ag'dam Mug'am markazida Husayn Jovidning "Iblis" spektakli namoyish etiladi.
2-iyulda Qarabog' universitetida panel o'tkaziladi, turkologiya uchun keyingi asrning ustuvor yo'nalishlarini belgilovchi yakuniy hujjat qabul qilinadi. O'sha kuni Bokuda tarix muzeyida yubiley ko'rgazmasi, Milliy kutubxonada Turkiy dunyo kutubxonalari ittifoqi konferensiyasi bo'ladi.
3-iyulda Milliy san'at muzeyida "Ali bey Husaynzoda" seminari, Nizomiy kino markazida film namoyishi bilan hafta yakunlanadi.