Buyuk Britaniyaning Oksford shahrida “Oxford International Intellectual Property Law Moot Competition 2026” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Intellektual mulk huquqi sohasiga bag‘ishlangan ushbu nufuzli bellashuvda dunyoning eng yetakchi universitetlari talabalari o‘zaro kuch sinashdi. Unda yurtimiz yoshlari ham faol ishtirok etdi.

Xususan, Toshkent shahridagi Xalqaro Vestminster universiteti talabalari Madinabonu Jumaniyozova, Ulugmurod Dustmurodov, Hushruya Abdullayeva ilk marotaba ishtirok etib, “Professor David Vaver Spirit of the Moot Award” mukofoti bilan taqdirlandi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, ushbu mukofot jamoaning eng yaxshi jamoaviy ruh, hurmat va professional yondashuvini e’tirof etadi.
Iqtidorli yoshlarimizning xalqaro huquq doiralaridagi bunday dadil ishtiroki yurtimizda intellektual mulk huquqi sohasi jadal rivojlanib borayotganidan va yigit-qizlarimizning yuksak salohiyatidan darakdir.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA