Qadimiy va navqiron Samarqand shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” Birinchi parlamentlararo hamkorlik forumi o‘z ishini boshladi.
Aytib o‘tish kerakki, bu tadbirni o‘tkazish tashabbusi davlatimiz rahbari tomonidan 2025-yil 4-aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” sammitida ilgari surilgan.

Xalqaro muloqotda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston parlamentlari vakillari, Yevropa parlamenti a’zolari, ekspertlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyati, akademik doiralar hamda biznes vakillari ishtirok etmoqda.
Forum doirasida bugungi siyosiy muloqotning holati va uning kelgusi istiqbollari, “yashil” transformatsiya, o‘zaro iqtisodiy bog‘liqlik, raqamli makon xavfsizligi, inklyuziv boshqaruv hamda parlament diplomatiyasining zamonaviy ahamiyati kabi dolzarb masalalar yuzasidan muhim sessiyalar o‘tkaziladi.
N.Abduraimova,
O‘zA