Bugun Toshkentda investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Tojikiston Respublikasi Sanoat va yangi texnologiyalar vaziri Sherali Kabir bilan uchrashdi.
Muzokara davomida metallurgiya, agrosanoat sektori, elektrotexnika va to‘qimachilik tarmog‘i, qurilish materiallari ishlab chiqarish, farmatsevtika va boshqa muhim yo‘nalishlardagi qo‘shma tashabbuslar amalga oshirilishi holati tahlil qilindi.


Ikki davlat hududida qo‘shma sanoat ob’ektlari barpo etish va ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha aniq takliflar o‘rganib chiqildi.
Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, 2025-yil mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 30 foiz o‘sib, 912,3 million dollarni tashkil etdi: eksport 683, import 229,3 million. Ayni payt ikki davlat hududida 500 dan ziyod qo‘shma korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Yurtimizda Tojikiston kapitali ishtirokida 386, qo‘shni davlatda esa 116 korxonamiz mavjud.

G.Sattorova, O‘zA