Oxirgi daqiqa

Finlyandiya Prezidenti O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Finlyandiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Stubb mamlakatimizda bo‘lib turibdi.

Oliy martabali mehmon mamlakatimizning noyob durdonasi, o‘tmish va kelajakni bir nuqtada birlashtira olgan majmua – Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.

Prezident Aleksandr Stubbga markaz rahbariyati va olimlar hamrohlik qilib, jahon ilm-fani va islom olamida ulkan ahamiyat kasb etuvchi mazkur majmuaning ahamiyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi.

Darhaqiqat, markaz ekspozitsiyalarida namoyish etilayotgan 1000 ga yaqin loyihalarning 400 dan ziyodi xorijiy hamkorlar bilan birgalikda amalga oshirilayotgani, bu esa dunyo olimlarini ilmiy tadqiqotlar sari chorlayotgani va birlashtirayotgani Islom sivilizatsiyasi markazining ahamiyatini bugun yanada yuksaltirdi.