Oxirgi daqiqa

Yangi O‘zbekiston bilan yangi Qirg‘izistonning yangi munosabatlari

O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston munosabatlari rivojida ijobiy o‘zgarishlar ro‘y bermoqda. Savdo-sotiq aylanmasi bir necha barobar o‘sdi. O‘zaro hamkorlikning mutlaqo yangi muhiti yuzaga keldi. Ishonch, bahsli masalalarni faqat o‘zaro manfaat va murosa asosida hal etish niyati mustahkamlandi. Eng muhimi yaxshi qo‘shnichilik ruhi qaror topmoqda.

O‘z vaqtida O‘sh, O‘zgan, Andijon, Qorasuv vaqealarini yoritgan jurnalist sifatida aytishim joiz, yaqin o‘tmishda biz ko‘p bor kutilmagan ko‘ngilsiz vaqealarga shohid bo‘lganmiz. Qishloqlar vayron, urush-janjaldan har kim har tomon qochgan, yongan uylar dudi dimoqqa uriladi. Bu haqda yozging, hatto eslaging ham kelmaydi. Baribir yoddan chiqarmasligimiz kerak, ijtimoiy-siyosiy inqirozning jiddiy sabablari bor edi. 70 yildan ziyod sho‘ro iskanjasida siqilgan xalq ozodlik, oshkoralik epkini ostida arzimagan sabablar tufayli ko‘p yillar qamalib yotgan ichki tug‘yonini tashqariga chiqargan. To‘g‘ri, bebosh olomon g‘azabidan aybdor-u aybsiz bab-barobar aziyat chekdi. Pirovardida ikkala tomon ham bunday mudhish voqealar aslo qaytarilishi kerak emas, degan qatiy qarorga keldi.

O‘sh voqealarи, Каримов va Отuнбаеva. O‘zbekлар қирғиni қанdaй рўй berganди? |  Qalampir.uz

Alohida ta’kidlash lozim, mojarolardan keyin butun Markaziy Osiyoda bir tomchi qo‘shimcha suv paydo bo‘lmaganidek, bir parcha yer ham qo‘shilmadi. Bugun ashaddiy bir tus olgan Rossiya – Ukraina urushi, barcha uchun saboq bo‘lmog‘i darkor. Odatda, har bir katta urush oldidan sodir bo‘ladigan qurol poygasi yana kuchaydi. Oxiri baxayr bo‘lsin. O‘y-xayol noxush tomonlarga olib qochadi. Yaxshiyam-ki, bobolarimizdan meros sharq donishmandligi bor. Qaltis vaziyatda muammoni tinch yo‘l bilan hal qilish zarurligini eslatib turadi.

******

O‘zbek – Qirg‘iz munosabatlaridagi ijobiy o‘zgarish madaniy-gumanitar sohada ham namoyon. Birodarligimiz, ayniqsa, Chingiz Aytmatovning 90 yillik yubileyi asnosida yaqqol ko‘zga tashlandi. Yaxshi kunlar xotirada uzoq saqlanadi. Binobarin, xavotirli, tashvishli davr ham qalbingda chuqur chandiq qoldirar ekan. O‘sh, O‘zgan voqealaridan qattiq azob chekkan mahalliy aholining joniga aynan buyuk Chingiz Aytmatov oro kirgani hamon yodimizda. Jahonga mashhur adibning jarangdor ovozi jafokashlar g‘azabini yumshatdi, qiynoq, azoblar taftini oldi. Vatandoshlarimiz bugun Abdulla Qodiriy, Oybek, Odil Yoqubovlar qatorida “Jamila”, “Momo yer”, “Qiyomat” kabi o‘nlab boqiy asarlar muallifini cheksiz hurmat bilan tilga oladi. Qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovga Turkiy dunyo birligini mustahkamlashga qo‘shgan beqiyos hissasi uchun O‘zbekistonning Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofoti berilgan.

Chingiz Aytmatovga Alisher Navoiy nomidagi xalqaro mukofot топширилди -  ҚИРҒИЗИСТОН ЯНГИЛИКЛАРИ

Dunyo madaniyati poytaxtiga aylanayotgan Samarqandda Turkiy davlatlar tashkiloti yig‘ilishida ushbu mukofotni topshirar ekan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tadbirda hozir bo‘lgan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovga, tantanaga yig‘ilganlarga qarata shunday degandi:

– Chingiz Aytmatov nafaqat qirg‘iz yozuvchisi, u bizning ham yozuvchimiz, adabiyotimizning klassigi. UNESCO ma’lumotiga ko‘ra, zamonaviy yozuvchilar orasida Aytmatovning asarlari eng ko‘p o‘qilgan. Uning roman va qissalari 170 dan ortiq tilga tarjima qilinib, 130 ga yaqin mamlakatda 100 milliondan ko‘p nusxada chop etilgan. Biz Chingiz Aytmatov asarlarini chop etishda davom etamiz, o‘qiymiz, yoshlarimizni uning nozik estetik didi va milliy qadriyatlari asosida tarbiyalaymiz.

Отзывы о

O‘tgan yil bir voqea sodir bo‘ldi. Fevral oyida Sadir Japarov Dubayda Qirg‘izistonning sobiq besh nafar prezidentini bir davraga, bir dasturxon atrofiga to‘play oldi. Vatanida katta iqtisodiy islohotlar ketayotgan bir payt mustaqillikning 30 yili mobaynida davlatiga rahbarlik qilgan sobiq siyosatchilar to‘planishi dunyo tarixida hali uchramagan edi.

Avom xalq taraf-taraf bo‘lib parchalanganda har bir guruh keskin tarzda o‘z talabini qo‘yganda davlatni boshqara olmay qolgan, xayriyatki, kuch ishlatishdan bosh tortgan bu prezidentlar “taxt”ni ixtiyoriy ravishda tashlab ketishgan. Xullas, kutilgan va kutilmagan uchrashuvdan sobiq yetakchilarning ko‘ngli yorishdi. Ular birma-bir fikrlarini bayon etishdi, ayblarini ham tan olishdi. Eng muhimi qilingan to‘g‘ri-noto‘g‘ri ishlarga, yutuq va kamchiliklarga qaytadan baho berildi. Hamma bir-birini tushundi va... kechirdi. Muloqot ishtirokchilarining bari hayotda prezidentlik lavozimidan ulug‘ qadriyatlar mavjudligini e’tirof etdi. Sadir Japarov esa “Mening asl niyatim, maqsadim ham shu edi”, dedi.

Markaziy Osiyo davlatlari bilan do‘stona hamкорлик – O‘zbekiston taшқи siyosiy  фаолиятиniнг uстuвор йўналishи

Hozir Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari oldida ham mintaqa xalqlari, turk davlatlari boshini birlashtirishdek ulkan vazifa turibdi. Va bu o‘ta mas’uliyatli va sharafli yo‘lning boshida O‘zbekiston yetakchisi borayotganini butun dunyo e’tirof etmoqda. Axir, 2016 yil bizda ham ahvol murakkab edi. Bir mintaqaning besh davlati qo‘shni bo‘la turib, borish-kelish yo‘q, chegaralar deyarli yopiq edi. Iqtisodiy munosabatlar susaygan, cho‘kkan, rahbarlar salom-alikni unutib, bir-biriga ters qarab turishardi. Ayrim chegaralarga minalar ko‘milgan, o‘tgan mol-u jon otilar yoki portlar edi.

Tan olish kerak, ko‘p narsaga qodir – yaxshi inson-u, tajribali rahbar o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmas ekan. Davr, muhit, xalq, vaziyat topar, tarbiyalar, tanlar, tayinlar ekan shunday siyosatchini. Qarang, keyingi 6-7 yilda qadim qo‘ni-qo‘shni, quda-andachilik chorak asrdan keyin bo‘lsa-da, qayta tiklanmoqda. Bir mintaqa – besh millat mana yana qiz berib, kelin tushirib, karnay-surnay chalib, zar chopon kiymoqda, birga duo o‘qimoqda. Davlatlar o‘zaro mehnati singgan munosiblarini orden, medal, unvon-u mukofot bilan siylamoqda. Muhit poklanmoqda. Bo‘lar ekan-ku!

******

Рishтон-So‘x

Davlatlar o‘rtasidagi munosabatda, ta’kidlash joiz, chuqur o‘rganib, birdan-bir to‘g‘ri yo‘lni topib hal qilinishi kerak bo‘lgan murakkab muammolar ham bor. Chegara muammosi, bir necha mamlakatdan o‘tadigan transchegaraviy daryolardagi suv taqsimoti masalasi, umuman suv tanqisligi va obi hayotdan oqilona foydalanish zarurati vaqti-vaqti bilan kishini o‘yga botiradi. Kezi kelganda aytib o‘tay, bundan roppa-rosa 100 yil muqaddam – 1924 yilning oktyabr oyida chizilgan davlat chegarasi chiziqlari bahstalab ekanligini ko‘pchilik e’tirof etadi. Bu masalani yechishda vazminlik, mulohaza, aql-idrok bilan ish tutish, ajdodlarimiz an’analariga qat’iy rioya qilish lozim. Axir, biz bir et, bir tan, bir jonmiz. Yagona tog‘ning erigan oppoq musaffo qoridan paydo bo‘lgan billur irmoqlar yig‘indisi – daryolaridan suv ichamiz. Ramzli qilib aytadigan bo‘lsak, bir qo‘l, bir kaftning besh barmog‘imiz. Alloh bizni shu ko‘yda yaratdi va shu holda xush ko‘radi.

Сирdaрёda мораторий joriy qilinadi | Dunyo News | Dunyo янгиликлари.  O‘zbekiston va dunyodaги barcha янгиликлар. Сўнги хабарлар. Сўнги янгиликлар

Mushohada qilaylik: Qirg‘iziston bilan O‘zbekistonni 1300 kilometrlik umumiy chegara birlashtirib turadi. Qirg‘izistonda 4 ta o‘zbek anklavi (So‘x, Shohimardon, Cho‘ng‘ara va Toshtepa) bor, Qirg‘izistonning Barak eksklavi esa O‘zbekiston hududida joylashgan. Ko‘p sonli etnik qirg‘izlar yurtimizda yashab, mehnat qilmoqda, Qirg‘izistonda esa 965 mingga yaqin, ya’ni qariyb bir million etnik o‘zbek istiqomat qiladi. Yiliga Qirg‘izistonga yuz minglab o‘zbek borib-keladi, Qirg‘izistondan O‘zbekistonga kiruvchilar soni shundan kam emas. Qo‘yingki, ikki mamlakat bir biri uchun qanchalik muhim ekanini ta’kidlash shart emas.

Погранслuжба КР об очyerедях на КПП "Достuк - Автодoroжный"

“Joyni, yerni, jonni bergan Alloh, nasibasini ham beradi”, deydi xalqimiz. Kuch-qudrat esa birlikda, taraqqiyotda. Faqat muammoni oqilona yechish, ezgu maqsadga qarab intilish, faqat o‘zing emas, qo‘shningning ham dardi, muammosini o‘ylash, adolat va o‘zaro hurmatni saqlash, qonun-qoidaga itoat qilish bizga yorug‘ kelajakni ko‘rsatadi, qaltis vaziyatda jabr-u jafodan asrab qoladi.

*****

КПП "Достuк" на кыргызско-uзбекской граniце был реконстрuироvaн практичесki  с нuля

Bundan ikki yil muqaddam Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning O‘zbekistonga qilgan safari so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabat nechog‘li o‘zgarganini ko‘rsatgan muhim voqea bo‘ldi. Erishilgan kelishuvlar mohiyatan o‘zaro munosabat rivoji va belgilab olingan istiqbolning umumiy yo‘nalishiga mos tushadi. Savdo-sotiq va iqtisodiy aloqalarni kengaytirish yo‘lida yaxshi natijalarga erishdik. Xususan, 2016-2020 yillar tovar aylanmasi 3,5 barobar o‘sib, 903 million dollarga yetdi. Ayni payt davlatlarimiz o‘rtasidagi mahsulot va xizmat ayirboshlash miqdorini 2 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan. Muhimi, bugun O‘zbekiston o‘z bozorini ochibgina qolmay, birga ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy choralar ham ko‘rmoqda. Hozir O‘zbekistonda qirg‘iz sarmoyasi ishtirokida 187 ta korxona ishlayapti (2016 yil bu raqam 49 ta edi). Shulardan 98 tasi qo‘shma korxona.

Qirg‘iziston bilan munosabatlar, хавфсиз Башар Асад, Австрияdaги портлаш va  kuнniнг boshқа хабарлари

Yaqinda Bishkekda o‘tgan Qirg‘iziston – O‘zbekiston biznes-forumida Qirg‘iziston Iqtisodiyot va savdo vaziri o‘rinbosari Sanjar Bolotov munosabatlarimizning joriy holatiga shunday baho berdi:

– Ikki davlat Prezidentlarining bo‘lajak uchrashuvi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli munosabatlarni rivojlantirish yo‘lidagi mushtarak irodani o‘zida mujassamlashtirgan muhim voqea bo‘ladi. Ana shunday do‘stona uchrashuv, qadrli lahzalarda do‘stligimiz yanada mustahkamlanib, mamlakatlarimizni taraqqiyotga yetaklovchi rejalar, keng qamrovli loyihalar paydo bo‘ladi, o‘zaro majburiyatlar qabul qilinadi, tarixiy hujjatlar imzolanadi. Eng asosiysi, rejalarni hayotga tatbiq etish yo‘l-yo‘riqlari ko‘rsatiladi. Mamlakatlar, xalqlar, manfaatlar birlashadi. Mustahkam yaratuvchilik muhiti shakllanadi.

Irismat Abduxoliqov,

O‘zA sharhlovchisi