Oxirgi daqiqa

O‘zbekiston – Germaniya biznes forumi o‘tkazildi

Yurtimizda turli muhim sohalarda xorijiy hamkorlar bilan birgalikda ilgari surilayotgan tashabbuslar ko‘lami tobora kengaymoqda.

Ayni sa’y-harakatlar samarasi o‘laroq, bugun Toshkent shahrida O‘zbekiston – Germaniya ishbilarmonlar kengashining navbatdagi majlisi doirasida biznes-forum o‘tkazildi. Mamlakatimiz Bosh vaziri Abdulla Aripov va Germaniya iqtisodiyoti Sharqiy qo‘mitasi bosh direktori Mixael Xarms boshchiligidagi delegatsiyalar ishtirokida kechgan anjumanda ikki davlat yetakchi firma va kompaniyalari rahbarlari to‘plandi.

Uchrashuvda nemis kompaniyalari ilg‘or tajribasi asosida “yashil” energetika, IT, transport, infratuzilmani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda loyihalar amalga oshirish masalasi batafsil muhokama qilindi.

Marhabo MADAMINOVA,

O‘zA