Bugun tajribali murabbiy Andrey Shturbabin boshchiligidagi terma jamoamiz a’zolari ilk xorijiy o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish maqsadida Avstriyaga yo‘l oldi.
Dzyudochilarimiz 12 yanvarga qadar Mitterzill shahrida o‘tkaziladigan xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etadi.
O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari rejaga ko‘ra, 2026 yilgi mavsumni 28 fevral - 1 mart kunlari poytaxtimizda o‘tadigan “OTP Group Tashkent Grand Slam-2026” turnirida ishtirok etish bilan boshlaydi.
Yilning dastlabki xalqaro dzyudo musobaqasi 7-8 fevral kunlari Fransiya poytaxtida bo‘ladigan “Paris Grand Slam-2026” bilan start oladi.
Avstriyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini poytaxtimizda xalqaro musobaqaga tayyorgarlikning ilk bosqichi hisoblanadi.
To‘lqin Ro‘ziyev,
O‘zA