Xalqaro festival dunyo miqyosida keng yoritiladi

Xalqaro festival dunyo miqyosida keng yoritiladi

Buxoroda joriy yilning 21-25 may kunlari o‘tkaziladigan “Xalqaro zardo‘zlik va zargarlik festivali” hamda “Milliy kashtado‘zlik san’ati festivali” ga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Ko‘hna va boqiy Buxoroda xorijiy davlatlardan zargar, zardo‘z va kashtachi hunarmandlarning kelishi davom etmoqda.

Festival tadbirlarini mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarida yoritish maqsadida matbuot markazi ham ish boshladi. Matbuot markazi zamonaviy kompyuter va texnikalar bilan ta’minlandi. Jurnalistlar uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Festival tadbirlarini 200 nafardan ziyod mahalliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari yoritishi rejalashtirilgan. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyadan o‘tgan va O‘zbekistonda doimiy faoliyat yuritayotgan 14 nafar xorijiy jurnalistlar ham qatnashadi.

Xalqaro festivalning ochilish va yopilish tantanalari ijtimoiy tarmoqlar va respublika va mahalliy televideniye kanallari orqali keng yoritilishi rejalashtirilgan.

Zarif Komilov, O‘zA