Kurash: Samarqandda O‘zbekiston chempionlari aniqlandi

Kurash: Samarqandda O‘zbekiston chempionlari aniqlandi

Xabar berganimizdek, fevral oyining so‘nggi kunlarida Samarqand shahrida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.

800 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etgan musobaqada o‘g‘il va qiz bolalar 7 tadan vaznda mamlakat chempionligi uchun gilamga chiqishdi.

Murosasiz bahslarda o‘z vaznlarida o‘g‘il bolalardan Abdulaziz Hamroyev, Artyom Shturbanin, G‘olib Sulaymonov, Umid Esanov, Jonibek Qozoqov, Sherali Jo‘rayev va Muxsin Hisomiddinov oltin medallarga musharraf bo‘lishdi.

Qizlar o‘rtasida esa Mohinur Mo‘minova, Hilola Ortiqboyeva, Ibodat Agajonova, Olya Hamidova, Shaxnoza Bozorova, Filura Ergasheva, Yulduz Muhammadiyeva hamda Sitora Husanova 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.



O‘zA