O‘zbekistondagi muzeyda Pablo Pikassoning 12 ta asari saqlanadi...

O‘zbekistondagi muzeyda Pablo Pikassoning 12 ta asari saqlanadi...

BIR EKSPONAT TARIXI

XX asrning mashhur rassomlaridan biri modernist Pablo Pikassoning asarlarini o‘z fondida saqlab kelayotgan muzeylar soni dunyoda sanoqli.

O‘zbekiston davlat san’at muzeyi ana shunday noyob asarlarni uzoq yillardan buyon o‘z fondida saqlab kelmoqda. Xususan, Pablo Pikassodan meros qolgan 2880 ta asarning 12 ta asl nusxasi O‘zbekistonda saqlanadi. Xo‘sh, Pikasso merosining bebaholigi nimada, bunday noyob asarlar O‘zbekistonga qanday kelib qolgan?

– Asli ispaniyalik, ammo Parijda yashab ijod qilgan Pablo Pikassoning asarlari 1968-1971 yillarda Nadejda Leje tomonidan O‘zbekistonga taqdim etilgan, – deydi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi ilmiy xodimi Saodat Shodmonova. – Nadejda Leje Pikassoning yaqin do‘sti Fernan Lejening rafiqasi bo‘lgan. Pikassoning otasi ham rassom bo‘lgan. Yoshligidan rang-tasvirga qiziqqani bois o‘g‘liga 7 yoshdan boshlab ta’lim berdi.

Pikasso salmoqli ijod qilgan serqirra ijodkor. U kubizm janrining asoschisi, haykaltaroshlik, keramika, sopol buyumlarga qiziqqan. Rassom 60 yoshidan keyin ijodining yangi qirralari ochila boshladi. Farfor buyumlarga turli tasvirlarni deyarli uzmasdan chizdi. Turli ko‘rgazmalarda ishtirok etdi. Uning barcha asarlari deyarli uzmasdan chizilgani uning mahoratidan darak beradi.

Muzeyimizda saqlanayotgan namunalar asl nusxa hisoblanadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, mashhur rassom Pablo Pikasso asarlarining bizda saqlanishi O‘zbekiston davlat san’at muzeyi uchun yutuqdir.



Muhtarama Komilova, O‘zA