Oxirgi daqiqa

“Sharq yulduzi” ijodkorlari Turkistonda

Qo‘shni Qozog‘iston respublikasining Turkiston shahrida “Sharq yulduzi” jurnali tahririyati xodimlari va mualliflari bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Turkiston shahri “Do‘stlik” jamiyati raisi Bahodir Irismetov taklifi va tashabbusi bilan o‘tkazilgan uchrashuvda jurnal bosh muharriri, shoir Sirojiddin Rauf, adabiyotshunoslik bo‘limi mudiri, shoir Muhammad Ismoil, faol mualliflardan Ahmadjon Otajonov, Shokir Sultonqulov, Shomirza Madaliyev, Ergash Imetov, fan doktori, professor Zarifboy Ibodullayev, yozuvchi Ahmad Nur, fan doktori Ne’matulla Xudoyberganov, fan nomzodi Farhod Shomurodov, xorazmlik hushovoz baxshi Feruzbek Normatovlar ishtirok etdi.

Tadbirda o‘zbek va qozoq xalqlari aslida ildizi, o‘zagi bir og‘a-ini xalq ekanligi ta’kidlandi. “Sharq yulduzi” jurnali ijodkorlari bilan Turkiston shahridagi oliy o‘quv yurtlari, maktablarda ijodiy uchrashuvlar o‘tkazish borasida kelishildi. Ma’naviy-ma’rifiy tadbir kuy-qo‘shiqlarga ulandi.

O‘zA