Oxirgi daqiqa

Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon–Qoraqum yo‘lagi YUNESKO Umumjahon merosi ro‘yxatida

Joriy yil 10-25 sentyabr kunlari Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida YUNESKO Jahon merosi qo‘mitasining 45-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Sessiya davomida Buyuk Ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum koridori Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritildi. Bu haqda O‘zbekiston madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi ma’lum qildi.

Umumhajon merosi ro‘yxatiga kiritilgan “Ipak yo‘li. Zarafshon-Qoraqum koridori” uch davlatda joylashgan 31 ta ob’ektdan iborat. Bulardan 9 tasi Tojikistonda, 15 tasi hozirgi O‘zbekiston hududida, qolganlari Turkmaniston hududida joylashgan.

Turli davrlardagi barcha ob’ektlar tarixdagi eng muhim savdo yo‘llaridan biri - Ipak yo‘lida joylashgan bo‘lib, uzoq tarix va boy madaniy-tarixiy merosni namoyon etadi.

O‘zbekiston “Buyuk ipak yo‘lining Zarafshon – Qoraqum koridori” nominatsiyasini taqdim etish bo‘yicha loyiha koordinatori sifatida ishtirok etdi.

O‘zA